Bugun O‘zbekiston Niderlandiya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs AQSHda Toshkent vaqti bilan 23:45 da bo‘lib o‘tadi.

Bahs har ikkala terma jamoalarning o‘zaro kelishuvi asosida muxlislarsiz yopiq eshiklar ostida bo‘lib o‘tadi, biroq ushbu o‘yinni O‘zbekiston hududidagi telekanallar translatsiya qiladi.

Ma’lumot uchun, bu O‘zbekiston terma jamoasining Shimoliy Amerikadagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi. Bungacha terma jamoa joriy yilning 2 iyun kuni Kanadaga qarshi ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Bu Niderlandiya terma jamoasi uchun ham mundial oldidan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi. Bungacha niderlandlar joriy yilning 3 iyun kuni Jazoir terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da Meksikadagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, terma jamoa 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi. Niderlandiya esa Tunis, Shvetsiya va Yaponiya terma jamoalari bilan birgalikda “F” guruhidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing