“Buni men qildim”. Tramp transgender sportchilarni musobaqalardan chetlatganini aytdi
Sport
−
27 mart 4178 1 daqiqa
AQSH prezidenti Donald Tramp Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini transgender sportchilarni ayollar musobaqalaridan chetlashtirish haqidagi qarori bilan tabriklab, bu faqat uning sharofati bilan bo‘lganini da’vo qildi. Bu haqda Tramp “Truth Social” tarmog‘ida ma’lum qildi.
XOQ kecha, 26 mart kuni ayollar musobaqalari bo‘yicha yangi siyosatni e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda faqat biologik ayollar ushbu toifadagi bellashuvlarda ishtirok etishi mumkin. Yangilangan qoidalar 2028 yilda Los-Anjeles Yozgi Olimpiya o‘yinlarida kuchga kiradi.
“Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini erkaklarni ayollar sportidan chetlashtirish haqidagi qarori bilan tabriklayman. Bu qaror ayollar va qizlarni himoya qilishga qaratilgan mening qat’iy siyosatim natijasidir”, deb yozgan Tramp.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning fevral oyida Tramp transgender sportchilarni 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga kiritmasligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u AQSHdagi universitetlarda transgender sportchilarning ayollar sportida qatnashishini taqiqlovchi farmonni ham imzolagan.
Live
Barchasi