Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi
Jamiyat
−
02 aprel 6737 2 daqiqa
Kecha, 1 apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazildi. Bu haqda Prezidentning 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjat ijrosi doirasida kecha, 1 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, joriy yil 1 apreldan:
- tibbiyot xodimlari uchun haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi;
- zararli va xavfli sharoitlarda ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi;
- yuqori ruhiy va aqliy zo‘riqishli ishlar uchun ham 36 soatdan oshmaydi;
- tibbiyot xodimlari bo‘lmaganlar uchun ish vaqti 40 soatni tashkil etadi.
Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida ish vaqti:
- dushanba–juma: 08:00–20:00;
- shanba: 08:00–14:00 (navbatchilik).
Sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan hududlarda:
- asosiy ish vaqti: 08:00–16:00;
- qo‘shimcha navbatchilik: 16:00–20:00.
Navbatchilik vazirlikning 254-son buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Ish haqi saqlanadi, kamaytirilmaydi. Ichki hujjatlar va mehnat shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi.
Statsionarlarda navbatchilik doimiy tashkil etiladi. Smena va navbatchilik adolatli taqsimlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan e’tiboran amalga oshadigan o‘zgarishlar jamlanmasini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi