Direktor o‘quvchisiga “tarbiya maqsadida” shahvoniy shilqimlik qildi
3-sahifa
−
23 aprel 17028 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Telegram orqali voyaga yetmagan o‘quvchi qizga jinsiy mazmundagi xabarlar yuborgan 39 yoshli maktab direktori 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan J.I. joriy yilning 16 va 17 aprel kunlari voyaga yetmagan o‘quvchi qizga Telegram orqali jinsiy mazmundagi SMS-xabarlar yuborgan.
Kecha, 22 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Unda direktor aybiga iqror bo‘lgan. Biroq u bu xabarlarni “tarbiya maqsadida” yuborganini bildirib, suddan yengillik so‘ragan. O‘quvchi qizning onasi esa direktorning lavozimiga noloyiq ekanini aytib, suddan og‘irroq jazo berishni so‘ragan.
Sudning qarori bilan J.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 10 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi