DXX amaldori vafot etdi
Jamiyat
−
07 noyabr 33944 1 daqiqa
Joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Mansurov Baxtiyor Mo‘minovich 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar berdi.
Baxtiyor Mo‘minovich 1957 yil 27 fevralda Jizzax shahrida tavallud topgan. 40 yildan ortiq umrini Qurolli Kuchlarga bag‘ishlab, 1979 yildan buyon Mudofaa vazirligi hamda Chegara qo‘shinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
Polkovnik uzoq yillik xizmat faoliyati davomida ko‘p marotaba mukofotlangan. Xususan, 2024 yilda Chegara qo‘shinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Ahmedov 82 yoshida olamdan o‘tgandi.
Live
Barchasi