Eldor Shomurodov O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi futbolchisi”deb topildi
Sport
−
30 yanvar 2061 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida ma’lum qildi.
Eldor Shomurodov ortda qolgan yil davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u terma jamoa bilan 2025 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup musobaqasida ham g‘olib chiqdi.
Terma jamoa sardori mazkur sovrin uchun kechgan ovoz berish jarayonida terma jamoaning boshqa yetakchi futbolchilari – O‘tkir Yusupov, Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va Jaloliddin Masharipovdan ustun keldi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Abbosbek Fayzullayev ovoz to‘plash jarayonlarida Abduqodir Husanovni atigi 1 ballga ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib olgandi.
Live
Barchasi