Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun jazo og‘irlashtirildi
Jamiyat
−
12 mart 4787 1 daqiqa
O‘zbekistonda gaz, elektr, issiqlik va vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 11 mart kuni qabul qilingan 1121-sonli qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha (8 mln 240 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha (12 mln 360 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanganlar BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi berilishi mumkin.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun, BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha (30 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Live
Barchasi