Eng yuqori maosh oluvchi futbolchi kimligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Forbes” nashri tomonidan e’lon qilingan 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinni “Inter Mayami” jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi egalladi. 

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-2026 yilgi mavsumda Ronaldu “Al-Nasr” klubidan 280 million dollar miqdorida daromad oladi. Bu summaga nafaqat uning o‘yin uchun to‘lovlari, balki klub ishtirokida tuzilgan tijorat shartnomalari bo‘yicha moliyaviy bonuslar ham kirishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, u turli hamkorlardan yana 50 million dollar oladi.

“Forbes” versiyasiga ko‘ra, 2025 yilning eng yuqori maosh oladigan futbolchilari:

  1. Krishtianu Ronaldu — 280 mln $ ;
  2. Lionel Messi — 130 mln $ ;
  3. Karim Benzema — 104 mln $ ;
  4. Kilian Mbappe — 95 mln $ ;
  5. Erling Xoland — 80 mln $ ;
  6. Vinisius — 60 mln $ ;
  7. Muxammad Saloh — 55 mln $ ;
  8. Sadio Mane — 54 mln $ ;
  9. Jud Bellingem — 44 mln $ ;
  10. Lamin Yamal — 43 mln $ .

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning futbol tarixidagi birinchi milliarder sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maosh Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu futbol Karim Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing