Erkaklar o‘rtasidagi “Rolan Garros” g‘olibi aniqlandi (video)

Sport

image

Kecha, 7 iyun kuni tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati erkaklar o‘rtasidagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Parijda yakunlangan mavsumdagi ikkinchi “Katta dubulg‘a” turniri – “Rolan Garros” chempioni bo‘ldi.

Finalda Aleksandr Zverev italiyalik Flavio Kobollini mag‘lub etdi. Uchrashuv 6/1, 4/6, 6/4, 6/7, 6/1 hisobida yakunlandi. 

Bu Zverevning “Katta dubulg‘a”dagi to‘rtinchi finali edi. U avval 2020 yil “US Open” finalida avstriyalik Dominik Timga, 2024 yil “Rolan Garros” finalida ispaniyalik Karlos Al’karazga, 2025 yil “Australian Open” finalida esa italiyalik Yannik Sinnerga yutqazgan.

Shu bilan birga, u 30 yil ichida “Katta dubulg‘a”da g‘olib chiqqan birinchi nemis tennischi bo‘ldi. Bundan oldin bu natijani 1996 yilda Boris Bekker qayd etgan edi. 

U, shuningdek, 1990 yillarda tug‘ilgan erkak tennischilar orasida “Katta dubulg‘a” g‘olibi bo‘lgan uchinchi sportchiga aylandi.

Zverev jahon reytingida uchinchi o‘rinda, Kobolli esa 14-o‘rinda turadi. Yangi reytingga ko‘ra, Zverev uchinchi o‘rinni saqlab qoldi, Kobolli esa top-10 ichiga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rolan Garros Aleksandr Zverev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing