Eron yetakchisi viza sabab JCHda qatnashmasligi mumkin

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati oldidan Eron terma jamoasining eng yorqin yulduzlaridan biri Mehdi Taremi siyosiy muammolar tufayli musobaqani o‘tkazib yuborishi mumkin. “Olimpiakos” futbolchi AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyatlar sabab vizaga ruxsat ololmasligi mumkin. Bu haqda “Indeksonline” nashri xabar berdi.

Taremi uchun to‘siq sifatida 2025 yilda qabul qilingan ijro etuvchi buyruq xizmat qilmoqda. Ushbu buyruq Eronni ham o‘z ichiga olgan 19 mamlakat fuqarolarining AQSHga kirishini cheklaydi. Bundan tashqari, Taremi Eron Inqilobiy Gvardiyasi (IRGC) dengiz flotida ikki yillik majburiy xizmatni o‘tagani sababli AQSH rasmiylari unga viza bermasligi mumkin.

FIFA Eron terma jamoasi va uning xodimlarining Jahon chempionatida muammosiz ishtirok etishini kafolat qilgan bo‘lsa-da, Eron futbol federatsiyasi ehtiyotkorlik bilan reja tuzmoqda. 

“Biz Jahon chempionati uchun turli variantlarni ko‘rib chiqishimiz kerak, shunda ma’lum bir o‘yinchining mamlakatga kirishiga to‘sqinlik qilinsa, bizda boshqa alternativalar bo‘ladi”, deydi federatsiya prezidenti Mehdi Taj.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron futbol federatsiyasi AQSH delegatsiyaning bir necha a’zolariga viza berishdan bosh tortgani sababli, Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimini boykot qilgan edi, biroq Eron delegatsiyasi qur’aga 2 kun qolganda qarorini qayta ko‘rib chiqib, marosimga ikki vakilini yuborishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron JCh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing