Eronda tragediya: xotinini o‘qdan to‘sishga uringan futbolchi halok bo‘ldi

Olam

image

Eronning Janubiy Ozarbayjon provinsiyasidagi Tabriz shahrida davom etayotgan norozilik namoyishlari chog‘ida mashhur “Traktor” futbol klubining sobiq yarim himoyachisi Mujtaba Tarshiz rafiqasini kuch ishlatar tuzilmalarining o‘qidan himoya qilaman deb halok bo‘ldi. Bu haqda “Hengaw” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tarshiz xotini Orzu Madani va uning akasi bilan birga Tehronning g‘arbiy qismidagi Andishe shahrida namoyishlarda qatnashgan. Xavfsizlik xodimlari namoyishchilarni tor ko‘chaga olib borib, o‘qqa tutgan. 

Xabarda aytilishicha, xavfsizlik xizmati xodimlari maqsadli ravishda Orzu Madani tomon o‘q uzgan. Mujtaba Tarshiz xotinini o‘z tanasi bilan yopib himoya qilmoqchi bo‘lgan va o‘pkasidan jarohat olib bir necha daqiqadan so‘ng xotinining qo‘lida jon bergan. 

Hodisa davomida Orzu Madani ham qo‘llaridan taxminan 30 ga yaqin o‘q jarohati olgan. Uning akasi esa boshidan bir nechta jarohat olgan. Avvalroq futbolchining xotini ham halok bo‘lgani haqida xabar qilingan, ammo yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, u va akasi omon qolgan va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma’lumot uchun, Mujtaba Tarshiz 2009-2011 yillar oralig‘ida Eronning “Traktor” klubida to‘p tepgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda mahalliy “Saypa” klubining 17 yoshli futbolchisi Rebin Moradi mamlakatdagi norozilik namoyishlari vaqtida otib o‘ldirilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron tragediya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing