Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki”ning kredit reytingini oshirdi

Biznes

image

Fitch Ratings reyting agentligi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi majburiyatlari bo‘yicha defolt reytinglarini “Barqaror” prognozini saqlagan holda “BB-”dan “BB” darajaga oshirdi.

Ushbu qaror 2025 yil 26 iyun kuni Fitch Ratings tomonidan O‘zbekistonning suveren reytingi “BB” darajaga oshirilgani ortidan qabul qilindi. Shuningdek, agentlik tomonidan Biznesni rivojlantirish bankining kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda tayanch bank sifatidagi roli alohida e’tirof etilgan.

Shu bilan birga, reyting agentligi hisobotida bankning kapitallashuv darajasi ortganligi, aktivlari sifatidagi yaxshilanish darajasi hamda keyingi yillarda kredit portfelining sektor ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqoriroq suratda o‘sish salohiyati qayd qilingan.

Bank ipoteka kreditlari bo‘yicha sektorda mustahkam pozitsiyaga ega (sektor ipoteka portfelining 15% bank hissasiga to‘g‘ri keladi). Shu bilan birga, kichik va o‘rta biznes uchun yo‘naltirilgan kreditlar bank portfelining 48 foizini tashkil qilishi ham agentlik hisobotida qayd etilgan.

Bank reytingining yaxshilanishi kelgusida xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan transformatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hamda xalqaro kapital bozoriga faol integratsiyalashuvini ta’minlaydi, shuningdek, mamlakatning biznes vakillari uchun qulay shartlarda yuqori sifatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

bank Fitch Ratings Biznes Biznesni rivojlantirish banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing