Fransiyada avtomobil olomonni bosib ketdi
Olam
−
05 noyabr 2858 1 daqiqa
Bugun, 5 noyabr kuni Fransiyaning g‘arbiy sohilida joylashgan Oleron orolida bir shaxs avtomobilni ataylab odamlar ustiga haydadi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida o‘n kishi jarohat olgan, shulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Ayrim jabrlanganlar vertolyot orqali Puate universitet shifoxonasiga yetkazilgan.
Prokuraturaga ko‘ra, haydovchi qo‘lga olingan, biroq hozircha “jinoyatning motivi aniqlanmagan”. Avtomobilda gaz ballonilar topilgan, haydovchi to‘qnashuvdan so‘ng mashinani yoqib yuborishga uringan.
Tergovga yaqin manbaning “Le Parisien”ga aytishicha, bu erkak Ichki ishlar vazirligi yuritadigan “terroristik radikallashuv xavfini aniqlash” bazasida ro‘yxatga olingan shaxslar orasida yo‘q. Tergovchilar, shuningdek, uning ruhiy muammolari bor-yo‘qligini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning Vankuver shahrida avtomobil Filippin jamoasi tomonidan uyushtirilgan ko‘cha bayramida harakatlanayotgan olomonni bosib ketgandi. Hodisa oqibatida 11 nafar fuqaro vafot etgan, yana 6 kishi jarohatlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr