Gonkongdagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 100 ga yaqinlashdi

Olam

image
Gonkong tarixidagi eng halokatli yong‘in. Fojia haqida nimalar ma’lum? (fotoreportaj) north_east

Gonkong tarixidagi eng halokatli yong‘in. Fojia haqida nimalar ma’lum? (fotoreportaj)

Gonkongdagi Wang Fuk Court turarjoy majmuasida sodir bo‘lgan yirik yong‘inda halok bo‘lganlar soni qariyb 100 nafarga yetdi. Hozirga kelib 94 kishining o‘limi tasdiqlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, yong‘in xavfsizligi xizmati rasmiy ravishda 94 kishi vafot etganini tasdiqlagan.

Bu Gonkongda so‘nggi 17 yildagi eng kuchli va eng ko‘p qurbonlar bilan yakunlangan yong‘in ekani qayd etilgan.

Bu orada “Bild” gazetasi turarjoy majmuasidagi fojianing sababi bambukdan yasalgan qurilish rusumidagi iskala (lesa)ga tashlab yuborilgan sigareta bo‘lishi mumkinligini yozdi. 

Wang Fuk Court majmuasida kvartirasi bor bo‘lgan Kiko Ma nashrga bergan intervyusida ta’mirlash ishlari sababli uning kvartiradagi derazalari bir yildan oshiq vaqt davomida penopolistirol bilan yopilganini aytgan.

Rasmiylarga ko‘ra, bu ham olovning tez tarqalishiga sabab bo‘lgan. Kikoning aytishicha, ba’zida deraza yonida sigareta qoldiqlari topilgan, ularni quruvchilar tashlagan bo‘lishi mumkin.

Ammo ulkan turarjoy majmuasidagi muammolar ro‘yxati bu bilan tugamaydi. Ba’zi yong‘in signalizatsiyalari ta’mir vaqtida o‘chirib qo‘yilgan edi, chunki quruvchilar binoga kirish-chiqish uchun yong‘in zinapoyalaridan muntazam foydalanib turgan.

Politsiya ta’mirlash ishlarini olib borgan qurilish firmasining uch xodimini hibsga olgan.

“Bizda kompaniya mas’ul shaxslarining qo‘pol beparvolik bilan ish tutgani, bu esa hodisaga olib kelgani va olovning tezda nazoratdan chiqib ketib, ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lganiga asoslar bor”, degan Gonkong politsiyasi vakili. 

Eslatib o‘tamiz, Wang Fuk Court majmuasidagi yong‘in 26 noyabr kuni kunduzi boshlangan. Renovatsiya rejasi doirasida uylar atrofida qurilgan bambuk iskala yonib ketgan. O‘t tezda yoyilib, majmuaning barcha sakkiz binosini qamrab olgan.

Mahalliy hukumat olovning shunchalik tez tarqalishini g‘ayrioddiy deb topgan va sabablarni aniqlash uchun jinoiy tergov o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lganlik gumoni bilan uch kishi hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Gonkong Wang Fuk Court

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing