Gonkongdagi yong‘inda halok bo‘lganlarning oilalariga tovon puli beriladi
Olam
−
29 noyabr 1740 2 daqiqa
Gonkongdagi Wang Fuk Court turarjoy majmuasida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida qarindoshlarini yo‘qotgan oilalarga 25,7 ming dollardan tovon puli beriladi. Bu haqda “South China” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘inda vafot etgan har bir oilaga 200 ming Gonkong dollari (25,7 ming AQSH dollari) miqdorida tovon puli hamda dafn marosimini o‘tkazish uchun davlat yordami beriladi. Bundan tashqari, har bir zarar ko‘rgan oilaga maxsus ijtimoiy ishchi biriktiriladi, u oilaga kundalik muammolarini hal qilishda yordam beradi. Vaqtinchalik yashash joyi esa barcha zarar ko‘rganlarga bepul taqdim etiladi.
26 noyabr kuni Gonkongdagi Wang Fuk Court turarjoy majmuasida yong‘in yuz bergandi. Yong‘in majmuani ta’mirlash doirasida uylar atrofiga o‘rnatilgan bambuk qurilmalarda boshlanib, keyin olov birinchi binoni tezda qamrab olgan va qo‘shni binolarga ham o‘tgan.
Mahalliy hokimiyatning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 130 nafarga yaqinlashgan. 200 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, 80 ga yaqin vafot etganlar jasadi esa hali aniqlanmagan. Yong‘in majmuaning sakkizta baland qavatli blogidan yettitasini qamrab olgan. Unda besh mingga yaqin kishi istiqomat qilardi.
Mahalliy politsiya ishlari bajarish uchun mas’ul bo‘lgan pudratchi kompaniyaning bir nechta rahbarini hibsga olgan. Tergovchilar xavfsizlik qoidalari buzilgan versiyasini tekshirmoqda.
Gonkong hukumati shaharda halokatli yong‘in qurbonlari xotirasiga 29 noyabrdan uch kunlik motam boshlanishini e’lon qilgan. Barcha davlat binolaridagi milliy va Gonkong bayroqlari dushanbagacha tushiriladi, rasmiy tadbirlar esa bekor qilinadi yoki keyinga qoldiriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr