IIV vaziri o‘rinbosari va departament boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
27 yanvar 7585 2 daqiqa
Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boshlig‘i Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident raisligida o‘tayotgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
“Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!”, degan Prezident.
Shu bois, yaqinda Administratsiya va davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Qisqa muddatda byudjetga tushum, talon-toroj, moliyaviy kamchiliklar bo‘yicha 53 trillion so‘m va tashqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik aniqlangani o‘ta ayanchli holat ekani qayd etilgan.
Korrupsiyaviy sxemalar bo‘yicha 4,2 trillion so‘m zarar aniqlanib, 1,3 trillion so‘mi undirilgan, 55 nafar shaxs qamoqqa olingan.
Masalan, Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boshlig‘i Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Umuman, davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani qayd etilgan.
“Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak”, degan Prezident.
Huquq-tartibot tizimida xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh bo‘lsada, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barchasining yoshi 50 yoshdan kichik.
Rahbarlikka yosh kadrlarni qo‘yish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va o‘qituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etilgan.
Live
Barchasi