Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi haqida fikr bildirdi

Jamiyat

image
Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni tabrikladi north_east

Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga samimiy tilaklarini yo‘lladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Mirziyoyevaga ko‘ra, O‘zbekiston minglab evakuatsiya qilingan insonlarga boshpana bergan.

“Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston o‘z o‘g‘lonlarini frontga yuborib, minglab evakuatsiya qilingan insonlarga boshpana berdi, front ortida fidokorona mehnat qilib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi”, deydi Mirziyoyeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kun – xalq boshidan kechirgan og‘ir sinovlar xotirasi, shu bilan birga, mardlik, matonat, mehr-oqibat va yuksak qadriyatlarga sadoqat namunasini ko‘rsatgan avlodga chuqur ehtirom ifodasidir.

“Yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi bardavom bo‘lsin, har bir oilada farovonlik va ertangi kunga ishonch hukm sursin, farzandlarimiz urush nimaligini aslo bilmasin”, deya tilak bildirgan Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Xotira va qadrlash kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing