Inflyatsion bosim yumshamoqda – Markaziy bank

Jamiyat

image

2025 yil oktyabr oyida iste’mol savatidagi narxlar o‘sish dinamikasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, narxi 5 foizdan kam oshgan tovar va xizmatlar ulushi oshishda davom etmoqda.

Unga ko‘ra:

  • Umumiy savatda ushbu toifa ulushi 61 foizni,
  • Oziq-ovqatlarda — 53 foizni,
  • Nooziq-ovqatlarda — 82 foizni,
  • Xizmatlarda esa 20 foizni tashkil etgan.

Aksincha, narxi 10 foizdan yuqori oshgan mahsulot va xizmatlar ulushi kamaygan. Mazkur toifadagi ko‘rsatkichlar quyidagicha qayd etildi:

  • Umumiy savatda — 11 foiz,
  • Oziq-ovqatlarda — 12 foiz,
  • Nooziq-ovqatlarda — 3 foiz,
  • Xizmatlarda — 34 foiz.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, narxlarning past sur’atlarda oshishi ulushining kengayishi inflyatsion bosimning yumshayotganini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yil oktyabr oyida oziq va nooziq hamda xizmatlar sohasida narxlarning yillik qanday o‘zgargani ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank inflyatsiya iste'mol savati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing