Isak o‘lim tahdidi sababli qo‘riqchi it sotib oldi
Sport
−
24 noyabr 1653 2 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi hujumchisi Aleksander Isak Shvetsiya terma jamoasi bilan o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘lim tahdidi olgani sababli o‘zini va oilasini himoya qilish uchun 30 ming funtga qo‘riqchi it sotib oldi. Bu haqda “Thye Sun” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Isak “Nyukasl”dan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng sobiq jamoasi muxlislari tomonidan ko‘plab tahdidlarga uchragan. Bundan tashqari Isak va Shvetsiya terma jamoasining boshqa a’zolari JCH-2026 saralashida guruhda oxirgi o‘rinni egallaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘lim tahdidiga uchragan.
Premer-ligada xavfsizlikka e’tibor faqat Isak bilan cheklanmaydi. Bir qancha futbolchilar Cheshirdagi o‘g‘irliklardan so‘ng uylari xavfsizligini ta’minlash uchun MMA bo‘yicha sobiq jangchilardan yordam olgan. Jumladan, “Everton” himoyachisi Jeyk O’Brayen ham xavfsizligi uchun it sotib olgan.
Aleksander Isak Mersisaydga kelganidan beri u hali ham o‘zining yuqori o‘yinini ko‘rsata olmayapti. O‘tgan mavsumda “Nyukasl” bilan Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ta’minlashda muhim rol o‘ynagan edi. 26 yoshli hujumchi bu mavsumda “Liverpul” bilan 8 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta gol urdi va jarohatlar tufayli bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chelsi” jamoasi hujumchisi Raxim Sterlingning Berkshirdagi uyiga niqobli bosqinchilar kirishga uringan edi. Shundan so‘ng, futbolchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida uyida 24 soatlik patrul va shaxsiy qo‘riqchilar yo‘llagandi.
Live
Barchasi