Qizning uyini sotib yuborgan “kuyov” ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lajak kuyov aldov yo‘li bilan qizning hovlisini sotib yuborgani haqida xabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Yigit qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Bu haqda  Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning avgust oyida 1997 yilda tug‘ilgan Sh.R. (yigit) 1999 yilda tug‘ilgan Sh.A. (qiz)ga uylanishini aytib, uning ishonchiga kirgan. Biroq to‘ydan avval muammolari borligi uchun uning uyini garovga qo‘yib turishni, muammolari hal bo‘lgach, unga uylanishini aytib, aldov yo‘li bilan uyni boshqa fuqaroga 240 000 AQSH dollariga sotib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi ko‘rilgan. 

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqaro Sh.R. bundan tashqari boshqa fuqarolarga nisbatan ham bir nechta firibgarlik holatlarini sodir etganligi aniqlangan. 

Barcha holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilib, tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga yuborilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida sud jarayonlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada  qizga uylanmoqchi ekanligini aytib, uning ishonchiga kirgan  va qizni uzoq muddat “sog‘ib” yurgan yigit 6 yilga qamalgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent IIBB hovli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing