Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi va yuk mashinasi to‘qnashdi
Jamiyat
−
07 Oktabr 5315 1 daqiqa
2025 yilning 6 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘lovchi poyezdi va yuk mashinasi to‘qnashdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea soat 15:31 da Qo‘ng‘irot mintaqaviy temiryo‘l uzeliga qarashli To‘rtko‘l – Ellikqal’a stansiyalari oralig‘ining 531 km 8-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Qo‘ng‘irot – Andijon yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati davomida temiryo‘l kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan “KamAZ” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda yuk avtomobili haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 ta yo‘lovchi bo‘lib, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdini olib keta olmagani sababli O’zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyidan jo‘natilgan.
“Voqea joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tgan Baday va Beruniy stansiyalari o‘rtasidagi 592-kilometrda qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida yuk mashinasi hamda poyezd to‘qnashib ketgan edi.
Live
Barchasi