Xitoy “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Jamiyat

image

Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilayotgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi. Bu 2028 yil Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressini ramziy ma’noda ifodalaydi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi va “STAR.VISION” kompaniyasi o‘rtasida shu haqdagi memorandum imzolangan.

Memorandumga ko‘ra, yerni masofaviy zondlashga mo‘ljallangan mazkur yo‘ldosh uchun sun’iy intellekt modulini “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishlab chiqadi. Yo‘ldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘zining ilmiy-texnik sun’iy yo‘ldoshini koinotga chiqarishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Samarqand-2028

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing