Xorazmda Cobalt urib yuborgan skuter haydovchisi vafot etdi (video)
3-sahifa
−
24 Sentabr 8202 1 daqiqa
Kecha, 23 sentyabr kuni Xorazm viloyatida Cobalt skuterni haydovchisi bilan birga urib yubordi. Oqibatda skuter haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Urganch tumani hududidan o‘tgan D-218 avtomobil yo‘lining 8-kilometrida 2005 yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida yashovchi haydovchi Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, o‘ziga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga yo‘lni kesib o‘tayotgan skuter haydovchisini urib yuborgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda skuter haydovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Urganch tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergov va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan daxshatli yo‘l-transport hodisasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs vafot etgandi. 15 yoshli fuqaro otasiga tegishli bo‘lgan Lacetti avtomashinasini (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan hamda yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan. YTH oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Live
Barchasi