Ko‘chmas mulkni baholash markaziga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
16 may 4518 1 daqiqa
Muhiddin Shamsiddin o‘g‘li Xolmurodov bugun, 16 may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kadastr agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Otabek Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi