Luvrdagi talonchilik ishi bo‘yicha gumondorlar qo‘lga olindi
Olam
−
26 Oktabr 4723 1 daqiqa
Fransiyaning Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan milliy qimmatbaho toshlar – “qirollik gavharlari” ishi bo‘yicha gumondorlar kecha, 25 oktyabr kuni kechqurun Parij yaqinida qo‘lga olindi. Bu haqda “Le Parisien” gazetasi xabar berdi.
Parij prokurori Lor Bekkoning aytishicha, gumondorlardan biri Parijning shimolida joylashgan Sharl de Goll aeroportida mamlakatni tark etish arafasida ushlangan. Prokuror o‘z bayonotida necha kishi qo‘lga olingani yoki boshqa tafsilotlarni oshkor etmadi.
19 oktyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan bebaho artefaktlar orasida Napoleon tomonidan ikkinchi rafiqasiga hadya qilingan 1 000 dan ortiq brilliant va toshlardan yasalgan zumrad marjon, shuningdek, “beqiyos” qiymatga ega boshqa xazinalar ham bor.
O‘g‘rilik Luvrning yuqori qavatida joylashgan Apollon galereyasida amalga oshirilgan – aynan shu yerda Fransiyaning toj zeblari saqlanadi. Fransiya Madaniyat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hammasini jami yetti daqiqada amalga oshirgan o‘g‘rilar ikkita yuqori xavfsizlikdagi vitrina shishalarini buzib, to‘qqizta buyumni olib qochgan. Politsiyaning aytishicha, ular mototsikllarda hududdan qochib ketgan.
Sodir etilgan o‘g‘rilik oqibatida yetkazilgan zararning dastlabki bahosi 88 million yevroni tashkil etadi
Eslatib o‘tamiz, Luvr muzeyining ayrim qimmatbaho taqinchoqlari o‘g‘rilikdan so‘ng xavfsizlik maqsadida Fransiya Markaziy banki binosiga topshirilgandi.
Live
Barchasi