Mahmud Murodov raqiblariga murojaat bilan chiqdi (video)

Sport

image

Oktagon MMA promoushenining o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov o‘zi bilan jang qilmoqchi bo‘lgan raqiblarini 84 kg vazn yig‘ishga chaqirdi. Bu haqda u promoushen matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytdi.

“Raqibim 84 kgda emas, 77 kgda jang qilmoqchi. Ammo men 84 kg dan hech qayerga ketmayman, 77 kga ham tushmayman 93 ga ham ko‘tarilmayman. Menga qarshi okatgonga chiqmoqchi bo‘lganlar 84 kg vazn yig‘sin. Fleuri meni 93 kg da jangga chorladi, ammo men vaznimni o‘zgartirmayman”, deydi Murodov.

Qayd etish joiz, Murodov shu yilning 14 iyun sanasida bo‘lib o‘tadigan “Oktagon 72” turnirida chexiyalik Patrik Kinslga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot o‘rnida, 35 yoshli Mahmud Murodov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. Patrik Kinsl hisobida esa 28 g‘alaba va 11 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Oktagon MMA Patrik Kinsl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing