Musulmonlar idorasi Suriyadagi o‘zbekistonliklarning soni haqidagi ma’lumotlarni bilmasligini bildirdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘i bilan joriy yilning may oyida Suriyada ISHID girdobiga tushib qolgan 156 nafar o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi.

Hech shubhasiz, bu ish bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirgan insonlarni kechirish, ularni oilasi bag‘riga, to‘laqonli hayotga qaytarishga qaratilgan tarixiy voqea ekani haqida ommaviy axborot vositalarida ko‘plab ijobiy fikr-mulohazalar bildirildi. 

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi MY5 telekanalida 4 iyun kuni efirga uzatilgan ko‘rsatuvda berilgan lavhalarga asoslangan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning yuqoridagi jarayon bilan bog‘liq fikrlari tarqatilmoqda. O‘zbekiston musulmonlar idorasi mazkur holatga munosabat bildirdi. Unda shunday deyiladi:

“Qayd etilgan ko‘rsatuvda muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Toshkent shahridagi masjidlarning birida qilgan ma’ruzalaridan parcha keltirilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu ma’ruzada Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari tashkilotiga mansub mamlakatlar va ularga tutash hududlardan mutaassib shaxslarning ta’siri ostida Suriyaga borib qolgan shaxslar, ularning oila-a’zolari va yaqinlari haqida umumiy ma’lumot berilgan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hozirgi kunda Suriya hududidagi O‘zbekiston fuqarolarining soni haqida aniq ma’lumotga ega emas.

Shuningdek, yuqoridagi ma’ruzada muftiy hazratlari tomonidan Suriyadan yaqinlarining qistovi, zo‘ravonligi yoki aldovi bilan borib qolgan toifaga mansub fuqarolarni qaytarish bo‘yicha harakat qilinadi, degan mazmunda fikr aytilgan”.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing