Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri o‘zbek hamshiralariga minnatdorlik bildirdi (video)

Olam

image

AQSHdagi Nyu-York shahrining saylangan meri Zohran Mamdani bugun, 5 noyabr kuni g‘alaba nutqida o‘zbek hamshiralariga minnatdorlik bildirdi.

“Nyu-York, bu tun sen o‘zgarish uchun mandat berding. Ya’ni yangi turdagi siyosat uchun mandat. Qo‘limiz yetgan shahar uchun mandat. Va aynan shunday natija beradigan hukumat uchun mandat”, dedi Mamdani.

U minnatdorlik so‘zlarida yamanlik bodega (kichik do‘kon) egalariga, senegallik taksi haydovchilariga, o‘zbek hamshiralariga, trinidadlik oshpaz yordamchilariga va efiopiyalik xolalarga alohida rahmat aytdi.

“Yaxshiroq kelajak haqidagi va’da endi o‘tmish qoldig‘i emasligini tan olishdan bosh tortgan yangi avlod nyu-yorkliklariga rahmat. Siyosat siz bilan past ko‘rmasdan, samimiy so‘zlashganda, biz rahbarlikning yangi davrini boshlashimiz mumkinligini siz isbotladingiz”, dedi u.

Ma’lumot uchun, kecha, 4 noyabr kuni Nyu-Yorkda saylov bo‘lib o‘tdi. Zohran Mamdani respublikachi Kyortis Sliva va mustaqil nomzod sifatida qatnashgan Nyu-York sobiq gubernatori Endryu Kuomoni ortda qoldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York Zohran Mamdani o'zbek hamshiralari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing