Namanganda kanalda cho‘kayotgan 3 yoshli bola qutqarib qolindi (video)

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi “Katta Namangan” kanalida cho‘kib ketayotgan 3 yoshli bola Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimi tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 26 aprel kuni Davlatobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv qismi qutqaruvchisi Ulug‘bek Asqarov xizmatdan uyga qaytayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda u Yangi Namangan tumani “Mingterak” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Namangan” kanalida 3 yoshli bolaning oqib ketayotganini ko‘rib qolgan.  

Shundan so‘ng u zudlik bilan suvga sho‘ng‘igan hamda cho‘kayotgan bolani qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi. Ushbu qutqaruv jarayoni mahalliy aholi xonadoniga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent viloyatining Ohangaron tumani tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolani qidirib topgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan Favqulodda vaziyatlar vazirligi cho'kayotgan 3 yoshli bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing