Norvegiyalik futbolchi noqonuniy video tarqatgani uchun sudlanadi
Sport
−
12 noyabr 1271 2 daqiqa
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Andreas Shelderup noqonuniy videoni tarqatgani uchun sud qilinadi. Futbolchining ishi bo‘yicha sud joriy yilning 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Super sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli Shelderup ikki yil oldin, 19 yoshida va Daniya Superligasida “Norshellann” jamoasida o‘ynagan paytda, voyaga yetmaganlar bilan jinsiy mazmundagi noqonuniy videoni baham ko‘rganligi uchun ayblanmoqda. Shelderup aybini tan olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatdan uzr so‘radi. Bu voqealar sabab, futbolchiga 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi mumkin.
“Shelderup shartli qamoq jazosiga hukm qilinsa, bu uning AQSH vizasi olishini qiyinlashtiradi”, deydi daniyalik advokat Martin Dahlgaard.
Agar Shelderupda hozir vizasi bo‘lmasa, u Oslodagi Amerika elchixonasida holatni tushuntirishi lozim bo‘ladi. Elchixona xodimlari “ma’naviy buzuqlik” kategoriyasida ishni baholaydi va qaror qabul qiladi. Dahlgaardning fikricha, bu jiddiy jinoyat bo‘lishi shart emas, lekin jarayon uzoq davom etishi mumkin.
Daniya qonunchiligiga ko‘ra, bolalar ishtirokidagi shahvoniy suratlarni ulashish jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. Daniya matbuoti xabariga ko‘ra, Shelderup shartli jazoga tortilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” jamoasining sobiq afsonasi Andres Inesta Peru prokuraturasi tomonidan firibgarlik ishi doirasida tergov ostiga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr