Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
08 iyun 3475 1 daqiqa
Bugun, 8 iyun kuni Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev Olmaliq shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmaliq shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qilgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Qobil Murodqulovich Hamdamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Zoir Mirzayev Olmaliq shahar hokimi lavozimiga shu vaqtga qadar Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev nomzodini tavsiya qilgan.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev Olmaliq shahri hokimi etib tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qobil Murodqulovich Hamdamov Nurafshon shahriga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi