Pezeshkiyon Eron va AQSH muzokaralarining boshlanishi uchun muhim shartni aytdi
Olam
−
26 aprel 11181 1 daqiqa
Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni qayta tiklash uchun muhim shartni aytdi. Bu haqda u “Press TV”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
U Pokiston Prezidenti bilan suhbat chog‘ida Vashingtonning harakatlarida ziddiyat borligini ta’kidlagan. Pezeshkiyonning fikricha, AQSH bir tomondan Eronga bosim o‘tkazishda davom etmoqda, boshqa tomondan esa diplomatik muzokaralarga tayyor ekanini bildirmoqda.
Uning aytishicha, AQSHning dushmanona choralarini davom ettirishi, jumladan dengiz blokadasi, siyosiy yo‘l bilan kelishuvga erishish haqidagi bayonotlarga zid keladi. Shu sababli, bunday sharoitda mojaroni hal qilish qiyinlashadi.
Pezeshkiyon shuningdek, agar AQSH bosimni davom ettirsa, tomonlar o‘rtasida ishonchni tiklash va muzokaralarda oldinga siljish juda murakkab bo‘lishini ta’kidlagan. U Eron bosim, tahdid yoki blokada sharoitida majburlangan muzokaralarga kirishmasligini qat’iy bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerning Pokistonga safarini bekor qilishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Shu sababli Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazmasdan Pokistonni tark etgan.
Live
Barchasi