Portugaliyada ham burqa va niqob taqiqlanishi mumkin

Olam

image

Portugaliya parlamenti jamoat joylarida yuzni yopib turuvchi kiyim, jumladan, burqa va niqob kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
 
U o‘ta o‘ngchi “Chega” partiyasi tomonidan taklif qilingan. Partiya o‘z qonun loyihasida yuzini yashirish ayollarning erkinlik, tenglik kabi tamoyillarga mos kelmasligini aytgan. Biroq so‘l partiya a’zolari bu fikrga qo‘shilmagan.

Hujjatda “jinsiy yoki diniy sabablarga ko‘ra” niqob kiyish haqida so‘z boradi. Jurnalistlarning fikricha, qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori 200 yevrodan 4000 yevrogacha bo‘ladi. Shuningdek, diniy liboslarni majburan kiyish uchun ham uch yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida istisnolar ko‘zda tutilgan: odamlar samolyot bortida, diplomatik vakolatxonalarda va diniy ibodatxonalarda yuzlarini yopib qo‘yishi mumkin. Qonun loyihasi Prezident Marselu Rebelu de Souzaga imzolash uchun yuborilgan. Jurnalistlarning aniqlik kiritishicha, Prezident unga veto qo‘yib, uni qo‘shimcha tekshirish uchun Konstitutsiyaviy sudga yuborishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Portugaliyada bunday kiyimlarni kiyadigan ayollar ko‘p emas. Ammo islomiy ro‘mol masalasi Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi kabi bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni rahbarlik qilayotgan “Italiya birodarlari” (Fratelli d’Italia, FDI) partiyasi parlamentga burqa, niqob va paranjini jamoat joylarida kiyishni taqiqlash hamda masjidlarni moliyalashtirish ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

taqiq Portugaliya niqob burqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing