Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyul kuni Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bobojonov yangi ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Po‘lat Bobojonov 1961 yil 1 yanvarda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1982 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan, shundan keyin Xorazm viloyatida prokuratura organlarida ishlay boshlagan.

U 1992-1999 yillarda Bog‘ot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1999 yilda Prezident devoniga ishga o‘tkazilgan.

2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshlig‘i, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori bo‘lib ishlagan.

2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2012 yilda Xorazm viloyati hokimi lavozimida ish boshlagan.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi farmoni bilan ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangandi. Unga 2019 yil 12 sentyabrda general-leytenant maxsus unvoni berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng u Prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Po'lat Bobojonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing