Ramazon Temirovning qozog‘istonlik sportchiga qarshi jangi tasdiqlandi

Sport

image

Super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov 26 iyul kuni qozog‘istonlik jangchi Asu Almabayevga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda “MMA Vestnik” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv joriy yilning 26 iyul sanasida Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, Temirov o‘zining so‘nggi jangini joriy yilning mart oyida amerikalik Charlz Jonsonga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozongan edi. Almabayev esa oxirgi jangida portugaliyalik Manel Keypega nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Temirov UFC Fight Night Asu Almabae

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing