Rossiya Mehnat vazirining sobiq o‘rinbosari o‘lik holda topildi

Olam

image

2018-2022 yillarda Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Aleksey Sklyar Yangi Moskva hududidagi shaxsiy uyidan o‘lik holda topildi. Tezkor xizmatlar bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.  

Qayd etilishicha, sobiq mulozimning jasadi bugun, 15 yanvar kuni ertalab Filimonkovskoye posyolkasidagi shaxsiy uyidan topilgan. Agentlikning keyinchalik e’lon qilgan xabariga ko‘ra, Aleksey Sklyar vafotidan oldin do‘stlariga Telegram orqali xayrlashuv xabarini yuborgan. 

Nashrga ko‘ra, marhumning jasadi yonidan qurol, shuningdek, Moskva shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yo‘llangan ariza topilgan. Arizada uni o‘z joniga qasd qilishga undagan holatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazish va jinoyat ishi qo‘zg‘atish so‘ralgan. Mazkur ariza 2026 yil 14 yanvar sanasi bilan rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning iyul oyida Rossiya Transport vaziri Roman Starovoyt ham Prezident Vladimir Putin uni ishdan olganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sobiq Mehnat vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing