Rossiya o‘g‘irlangan ukrainalik bolalarni Shimoliy Koreyaga yuborgan – Kiyev

Olam

image

Joriy yilning 3 dekabr kuni AQSH Senatida bo‘lib o‘tgan tinglovlarda Ukraina Rossiya hukumatini o‘g‘irlangan ukrainalik bolalarni Shimoliy Koreyadagi “qayta tarbiyalash lagerlariga” olib borishda aybladi. Bu haqda Ukraina Hududiy inson huquqlari markazining yuridik maslahatchisi va Xalqaro adliya bo‘yicha eksperti Yekaterina Rashevskaya ma’lum qilgan.

“Oldin bunday markazlar Rossiya va Belarus hududida joylashgan bo‘lsa, hozir bolalarni Shimoliy Koreyaga ham yuborishmoqda”, degan Rashevskaya. 

Uning aytishicha, hozir Rossiyada 165 ta lager mavjud bo‘lib, u yerda ukrainalik bolarga ideologik ta’lim berilib, rus qadriyatlari singdirilmoqda va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqlanmoqda.

Rashevskayaning fikricha, Rossiyaning yakuniy maqsadi – “ukrainaliklarni bir-birini o‘ldirishga majburlash”. Shuningdek, u Ukrainadan olib ketilgan bolalar ulg‘aygach, ularga Rossiya armiyasidan chaqiriqlar yuborilishini ta’kidlagan. 

Tinglov davomida Rashevskaya Senatga Donetsk viloyatining bosib olingan hududidan 12 yoshli Mixail va urush boshlanishidan oldin anneksiya qilingan Qrimdagi Simferopol shahrida yashagan 16 yoshli Lizaning fotosuratlarini taqdim etgan. Bolalar yaqinda Shimoliy Koreyaning janubi-sharqidagim “Sondovon” lageridan topilgan. U yerda ularga “yapon harbiylarini yo‘q qilish” o‘rgatilgan va 1968 yilda “Pueblo” kemasidagi 9 amerikalik askarni o‘ldirgan koreyalik veteranlar bilan tanishtirilgan.

Rashevskaya, shuningdek, Rossiya egallab olingan hududlardan olib ketilgan bolalarni ularning oilalari bilan qayta birlashtirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotganini ta’kidlagan. Human Rights Watch xalqaro mustaqil tashkiloti ham Rossiya hukumatining egallangan hududlarda ukrain tilini yo‘q qilishga urinishini hujjatlashtirgan.

Qayd etish joiz, avvalroq BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani “majburiy ko‘chirgan yoki deportatsiya qilgan” barcha ukrainalik bolalarni zudlik bilan qaytarishga chaqirgan rezolyutsiyani qabul qilgandi. 

Mazkur rezolyutsiya Ukraina bo‘yicha chaqirilgan Favqulodda Maxsus Sessiyada 91 ta ovoz bilan ma’qullagan, 12 ta davlat qarshi chiqqan, O‘zbekiston doxil 57 ta davlat esa betaraf qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Shimoliy Koreya BMT Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing