Rossiya O‘zbekiston bilan savdoni 14 milliard dollardan oshirmoqchi

Olam

image

2026 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 22 foizga oshib, 14 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov bugun, 20 aprel kuni Toshkentda ochilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” oltinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ma’lum qildi. 

Uning qayd etishicha, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 12 foizdan oshib, 11,5 milliard dollarga yetgan. 

“Joriy yilda ham ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda, bu bizga 2026 yil oxirigacha 14 milliard dollar darajasiga erishishga umid qilish imkonini beradi”, deydi u.

Manturovning so‘zlariga ko‘ra, sanoat, energetika, transport va logistika, agrosanoat va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha faol ishlar qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi.

“Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, ta’minot zanjirlarining barqarorligini oshirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning yangi nuqtalari va formatlarini doimiy ravishda izlashga qaratilgan”, deydi Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaga borib, mavqedoshi Mixail Mishustin bilan uchrashdi va ikki mamlakat Hukumatlarining Qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etdi.

Uchrashuvda 2025 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash 13 milliard dollardan oshib, 2026 yilning dastlabki 2 oyi davomida savdo hajmi yana 30 foizga o‘sgani aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Denis Manturov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing