Rossiya va Ukraina asirlar hamda yaradorlarni almashdi

Olam

image

Bugun, 19 aprel kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar va yaradorlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu almashinuv yil boshidan buyon to‘rtinchi marta amalga oshirilmoqda.

Ukraina nazorati ostidagi hududlardan 246 rossiyalik harbiy qaytgan. Ukrainaga ham 246 harbiy asir topshirilgan. Shuningdek, 31 yarador askar Ukrainaga berilgan bo‘lsa, Rossiya 15 yaradorni qabul qilgan.

“Hozirda barcha rossiyalik harbiy xizmatchilar Belarus hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati yaratilgan”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, harbiylarni asirlikdan qaytarishda Birlashgan Arab Amirliklari vositachilik harakatlarini amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, tomonlar shu vaqtgacha BAA vositachiligida 3,2 mingdan ortiq kishini bir-biriga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilgan edi. Putinga ko‘ra, Rossiya barcha jangovar harakatlarni to‘xtatadi va “Ukraina tomoni ham bu tashabbusga amal qiladi”.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing