Rossiyada o‘zbekistonlik erkak bir qiz sababli qotillikda ayblanmoqda (video)
3-sahifa
−
02 may 4761 1 daqiqa
Rossiyada 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 45 yoshli erkak bilan mushtlashib, uni o‘ldirib qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 aprel kuni kechqurun Sverdlov nomidagi posyolkada ikki erkak o‘zaro janjallashgan. Janjaldan so‘ng ulardan biri qochib ketgan, ikkinchisi esa yerda harakatsiz holda qolgan. Voqea guvohi bo‘lgan shaxs hodisa haqida tegishli tashkilotlarga xabar bergan.
Voqea joyiga yetib borgan shifokorlar erkakning allaqachon vafot etganini aniqlagan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, marhum 45 yoshli fuqaro Tver viloyati fuqarosi bo‘lgan. Uning o‘ng chakka qismida jarohat aniqlangan. Hodisaning sababi qiz bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov organlari ushbu hodisani “og‘ir tan jarohati yetkazish, ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” sifatida baholagan.
Gumonlanuvchi esa o‘sha posyolkaning 1-makrorayonidagi 45-uy yonida qo‘lga olingan. U 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, rasmiy ish joyiga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomoni o‘z hududida jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini mamlakatiga qaytarishga tayyor ekani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi