Saida Mirziyoyeva Hindistonda Marko Rubio bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio hamda AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Mirziyoyevaga ko‘ra, u AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Hindistonga tashrifi munosabati bilan Nyu-Dehli shahrida uyushtirilgan qabul marosimida qatnashgan.

“Amerikalik hamkorlarimiz bilan savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha jonli hamda mazmunli muloqotimizni davom ettirish imkoniyatidan mamnunman”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva London fond birjasida mamlakat aksiyalarining tarixda ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarilish marosimida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari siyosatchilar va moliya tashkilotlari rahbarlari, xususan, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdays, Franklin Templeton bosh ijrochi direktori Jenni Jonson va London fond birjasi bosh ijrochi direktori Juliya Enn Xoggett bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing