Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

3-sahifa

image

Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan “S.Ye.Sh.” MCHJ mas’ullari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxt ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingan.

Hozirda daraxtlarning yo‘q qilinishi oqibatida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Holatda jinoyat alomatlari bo‘lganligi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. 

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismiga ko‘ra, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand daraxt maydon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made