Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qiliindi

Jamiyat

image

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari 1 ming 243 tani, ularning jami qarzi 1,3 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. 

Shundan 522,5 mlrd so‘mi, ya’ni 38,7 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:

  • “Tash Building” MCHJ– 107 mlrd so‘m;
  • “Ko‘priqqurilish” AJ– 81,9 mlrd so‘m;
  • “Aziya Invest Favorit” MCHJ – 73,7 mlrd so‘m;
  • “Avtosanoat-Injiniring” MCHJ – 63,4 mlrd so‘m;
  • “Ta'mirlash Qurish Servis MCHJ – 50,4 mlrd so‘m;
  • “Yorqin Sadaf Fasli” MCHJ – 40,8 mlrd so‘m;
  • “DM AJ BK NATEK” – 32,7 mlrd so‘m;
  • “Agro Asia Trade Servis” MCHJ – 31,5 mlrd so‘m;
  • “Grand Road Tashkent” MCHJ – 22,8 mlrd so‘m;
  • “Obod-Dastur-Qurilish” MCHJ – 18,3 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 492,2 mlrd so‘m; 
  • Toshkent viloyati – 125,9 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati – 124,6 mlrd so‘m.

Maqola muallifi

Teglar

qarz Soliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing