Sportzal xodimasiga jinsiy aloqa taklif qilgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
01 noyabr 13980 2 daqiqa
Toshkent shahrida sportzal xodimasiga shahvoniy shilqimlik qilib, undan birga yashashni va jinsiy aloqa qilishni so‘ragan 38 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni 1987 yilda tug‘ilgan erkak Z.A. Toshkent shahar Shayxontohur tumani, “Labzak” MFYda joylashgan sportzalga mijoz sifatida borgan. Erkak u yerda A.A. bilan tanishib, unga yaxshi ko‘rib qolganini aytib, sevgi izhor qilgan. Biroq ayol Z.A. ga turmushga chiqqanini, ishqiy munosabatda gaplashmasligini bildirgan. Shunga qaramay, Z.A. A.A. ga sevgi izhor qilishda davom etgan va unga shahvoniy tusdagi rasmlar yuborgan. Shundan so‘ng, A.A. 102 raqami orqali ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Keyinchalik, erkak IIB binosiga chaqirilgan, biroq Z.A. u yerdan qochib ketgan.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda erkak aybiga iqror bo‘lgan va suddan yengillik so‘ragan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘zi bilan bir joyda ishlaydigan 18 yoshli qizga jinsiy a’zosini videoga olib tashlagan 20 yoshli yigit 5 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi