Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinish tashkil qilgan – deputat (video)

Olam

image

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Elvira Surabaldiyeva Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinish tashkil etgani uchun lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Uaqit kөrsetedі” loyihasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Qamchibek Tashiyevning hamon ozodlikda ekani Prezidentning oliyhimmatligi ifodasi.

“Prezident – bag‘rikeng inson. Ehtimol, uning Tashiyevga rahmi kelayotgandir, chunki u uning do‘sti. Aniq bilmayman. Lekin hozir Prezidentga juda qiyin, chunki uning eski do‘sti uni lavozimidan chetlatishga urindi. Ehtimol, aynan shu narsa Tashiyevning ishdan bo‘shatilishiga asosiy sabab bo‘lgandir”, deydi Elvira Surabaldiyeva.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, bu voqealarga tayyorgarlik uzoq vaqt davomida olib borilgan, hozirda tergov harakatlari ketmoqda, figurantlarning bir qismi hibsga olingan yoki tergov ostida qolmoqda.

“Bir qozonda ikki qo‘chqorning kallasi qaynamaydi, degan maqol bor. Ehtimol, bu aynan o‘sha holat”, deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston MXDQ raisi lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘zi ishdan bo‘shatilishini kutmaganini aytgan. Shu bilan birga, mamlakat Prezidenti Qamchibek Tashiyev hech qachon davlat xizmatiga qaytmasligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Qirg‘izistonda MXDQ rahbarining sobiq o‘rinbosari Daniel Risaliyev hibsga olindi. U Qamchibek Tashiyev rahbarligida ishlagan. Keyinchalik yana bir sobiq o‘rinbosar – Timur Shabdanbekov qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qamchibek Tashiev Jogorku Kenesh Elvira Surabaldieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing