TikTok blokdan chiqarilishi mumkin. Qirg‘izistonda!
Olam
−
14:40 385 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi hay’at yig‘ilishida vazir o‘rinbosari Marat Tagayev Qirg‘izistonda Tik Tok’ni blokirovka qilish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu “Kaktus Media” xabar berdi.
Tagayevning aytishicha, hozirda mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot platformalari bilan tizimli ishlaydigan organ mavjud emas.
Shuningdek, u amaldagi taqiq kutilgan natija bermayotganini ta’kidlagan. Tagayevning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar, jumladan yoshlar, VPN xizmatlari orqali TikTok’dan foydalanishda davom etmoqda. Shu sababli vazirlik blokirovkani bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, TikTok Qirg‘izistonda 2024 yil may oyida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining taklifi asosida bloklangan. Qirg‘iziston taqiq sababini bolalar salomatligiga zarar bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda TikTok butunlay bloklangandi.
Live
Barchasi