Toshkent aeroportida 410 gr tillani ichki a’zolariga yashirganlar ushlandi
3-sahifa
−
14 mart 3744 1 daqiqa
Toshkent xalqaro aeroportida 410 gr tillani ichki a’zolariga yashirib chet elga olib chiqishga uringanlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2 nafar yo‘lovchi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbulga parvozi oldidan bezovtalangan. “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda shaxsiy ko‘rik o‘tkazgan. Natijada ayollardan biri 252 gr og‘irlikdagi, ikkinchisi esa 158 gr og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarni jinsiy a’zolariga yashirgan holda olib chiqishga uringani fosh bo‘lgan.
Bundan tashqari, ularning qo‘l sumkalarida ham bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 64 gr og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur zargarlik buyumlarining jami qiymati 720 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs 62 950 dollarga platina sotayotganda qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi