Toshkent ilk bor velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
10:02 466 1 daqiqa
Toshkent 2028 yil velotrek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston milliy Olimpiyada qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi boshqaruv kengashi yangi Olimpiya davridagi yirik musobaqalarning mezbonlarini e’lon qilgan. Unda 2028 yil velotrek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonligi Toshkent shahriga ishonib topshirilgan.
Ushbu qit’a birinchiligi Olimpiya shaharchasidagi velotrek majmuasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2027 yilda og‘ir atletika bo‘yicha Los-Anjeles–2028 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqaga mezbonlik qilishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi