Toshkent metrosida begona ayolga shilqimlik qilgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
25 noyabr 3561 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Novza” metro bekatida begona ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatga ko‘ra, 21 yoshli yigit joriy yilning 12 noyabr kuni “Novza” bekatida begona ayolning orqa tarafiga jinsiy a’zosini tekkizib, uning sha’ni va qadriyatini tahqirlash orqali ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgani aniqlangan.
Kecha, 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda yigit aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan, jabrlanuvchi voqeani tasdiqlagan va huquqiy choralarni qo‘llashni so‘ragan.
Yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan aybli deb topilgan va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. Shuningdek, qamoqda saqlash xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida jami 309 ming so‘m undirilishi ham belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘zi bilan bir joyda ishlaydigan 18 yoshli qizga jinsiy a’zosini videoga olib tashlagan 20 yoshli yigit 5 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi