Toshkent shahar hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
27 aprel 3896 1 daqiqa
Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davlatyor Xudoyberganov Baxtiyorovich – Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Davlatyor Xudoyberganov 1990 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriat, 2015 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2024 yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetini qayta tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan. 2025 yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2014 yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan. Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Ismatilloyevich Do‘stmuhammedov Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi